Farğonada soğlom odam ruhiy kasalliklar şifoxonasiga joylaştirildi. Bu haqda Ombudsman xabar bermoqda.  

Ma’lum qilinişiça, Ombudsmanga fuqaro B.N. uning roziligisiz ruhiy kasalliklar şifoxonasiga joylaştirilgani va tibbiy körikdan ötkazilganligi böyiça mas’ullarga çora körilişini sörab murojaat qilgan. Murojaatga köra, fuqaro B.N. tuman IIB profilaktika inspektori va mahalla vakillari bilan hamkorlikda qonunga zid ravişda Qöqon şahrida joylaşgan viloyat 2-sonli ruhiy kasalliklar şifoxonasiga joylaştirilgan.

Murojaat nazoratga olinib, holat Ombudsmanning Farğona viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga çiqib örganilgan. Vakil fuqaro B.N. bilan uçraşganda, u ruhiy kasalliklar şifoxonasiga körikdan ötkaziş uçun joylaştirilişida rozilik xatiga imzo qöymagani, şunga qaramasdan uni şifoxonaga joylaştirişgani va 3 kun davomida körikdan ötkazişgani hamda soğlom bölgani sababli javob berib yuborişganini ma’lum qilgan.

Ötkazilgan örganiş davomida fuqaroning sözlari tasdiqlangan. Ya’ni şifoxona qabulxonasida davolanişi uçun olingan rozilik tilxatida uning imzosi bölmagani, şunga qaramasdan uning ruhiy holatini tekşiriş uçun qabul qilgan vraç A.Jörayev tomonidan şifoxonaga joylaştirilib, tibbiy körikdan ötkazilgani aniqlangan. 

“Örganiş jarayonida “Psixiatriya yordami töğrisida”gi qonunining 24-moddasi 2-qismida psixiatriya tekşiruvi tekşirilayotgan şaxsning ma’lumotlarni bilgan xolda tekşiruv ötkazilişiga ixtiyoriy roziligi mavjud bölgan taqdirda amalga oşirilişi talablari buzilgani ma’lum böldi. Şundan söng, qonunbuziliş holatlariga yöl qöygan şaxslarni intizomiy javobgarlikka tortiş va bu kabi holatlar boşqa takrorlanmasligi uçun tegişli çoralarni köriş böyiça Farğona viloyat 2-sonli ruhiy kasalliklar şifoxonasiga Ombudsman xulosasi kiritildi”, deyiladi xabarda.

Qöşimça qilinişiça, şifoxonaning navbatçi vraç-psixiatri A.Jörayevga öz işiga sovuqqonlik bilan yondaşgani uçun hayfsan berilgan.