Jahon | 14:18 / 20.07.2022
6384
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2022 yil 20 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Cho‘lponota shahrida (Qirg‘iziston) Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida ishtirok etdi.

Foto: TIV axborot xizmati

Tadbir ishtirokchilari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bo‘lajak maslahat uchrashuviga tayyorgarlik tashkiliy va mazmunli jihatlarini muhokama qildi.

Sammit kun tartibi va dasturi, davlat rahbarlari tomonidan ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan yakuniy hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.

Markaziy Osiyoda siyosat, savdo, investitsiya, sanoat, transport, ekologiya, energetika, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga birgalikda qarshi kurashish sohalarida davlatlararo hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Vladimir Norov o‘z nutqida bugungi kunda Markaziy Osiyoda davlat rahbarlari siyosiy irodasi tufayli prinsipial jihatdan yangi do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro ishonch muhiti shakllanganini ta’kidladi. Mintaqa mamlakatlari ko‘plab xalqaro masalalar bo‘yicha mushtarak pozitsiyaga ega va hatto eng murakkab masalalarda ham o‘zaro maqbul yechim topadi.

Shu bilan birga, zamonaviy voqeliklarni hisobga olgan holda, Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha qat’iy qadamlar qo‘yish, yuzaga kelayotgan tahdidlarga o‘z vaqtida javob berish va oqibatlarini yumshatish bo‘yicha tegishli tashabbus hamda yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

Yaqin savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy siyosat yuritish, tadbirkorlik sub’yektlari va hududlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, mintaqa transport-tranzit salohiyatini rivojlantirish, tabiiy resurslarni birgalikda samarali boshqarish muhimligi ta’kidlandi. 

Afg‘onistondagi mavjud vaziyatga alohida e’tibor qaratildi. Afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishda hamkorlikni davom ettirish dolzarbligi ta’kidlandi.

Mavzuga oid