O‘zbekiston | 10:56 / 21.07.2022
4635
3 daqiqa o‘qiladi

Prezident huzuridagi Paxtachilik kengashining asosiy vazifalari belgilandi

Prezidentning “Paxta hosildorligini oshirish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarni joriy qilishning qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston prezidenti huzurida Paxtachilik kengashi tashkil etildi. Uning asosiy vazifalari:

  • har yili hududlarda mahalliy sharoitlarda yaxshi hosil berayotgan navlarni tahlil qilib, ular super elita va elita urug‘larini ko‘paytirish bo‘yicha ilmiy tashkilot va urug‘chilik korxonasini belgilash;
  • tuproq unumdorligi, uning kimyoviy va biologik xususiyatlari ilmiy tahlili asosida hududlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan kimyoviy va organik o‘g‘itlar bo‘yicha tavsiyalar berish;
  • g‘o‘za kasalliklari va hasharotlarga qarshi kurashish bo‘yicha samarador preparatlarni qo‘llash yuzasidan ko‘rsatmalar ishlab chiqish va tatbiq etish;
  • xususiy sektorni jalb qilgan holda davlat-xususiy hamda xususiy urug‘chilik klasterlarini tashkil etish va bu orqali raqobat muhitini yaratish;
  • paxtachilik yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish.

Paxta hosildorligini oshirishning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tartibi joriy qilindi:

  • tuman ishchi guruhlari paxta ekilgan maydonlarda joyiga chiqqan holda tahlillar asosida urug‘chilik, nav tanlash, yerga ishlov berish, biostimulyatorlarni qo‘llash, o‘g‘itlash, g‘o‘za kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish hamda samarali sug‘orish bo‘yicha hudud tuproq-iqlim sharoitiga mos takliflarni Paxtachilik kengashi boshqaruv guruhiga taqdim qiladi;
  • Paxtachilik kengashi boshqaruv guruhi taqdim etilgan takliflarni tahlil qilib umumlashtirgan holda Paxtachilik kengashiga taqdim qiladi.

Paxtachilik kengashi:

  • hududda ekilgan paxta navlari hudud tuproq-iqlim sharoitlariga mos maqbulini tanlash, agrotexnik tadbirlar to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlash;
  • paxta ekilgan maydonlardagi tuproq unumdorligini oshirish va samarali yer tayyorlashni tashkil qilish;
  • paxta ekilgan maydonlarda organik va mineral o‘g‘itlar qo‘llanilishini yaxshilash;
  • paxta ekilgan maydonlarda g‘o‘za kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurashish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish;
  • paxta ekilgan maydonlarda zamonaviy biostimulyatorlarni qo‘llash;
  • paxta yetishtirish jarayonida samarali sug‘orish tizimini va tejamkor texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha qarorlar qabul qiladi;
  • Paxtachilik kengashi unga yuklatilgan vazifalarga asosan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari majburiy hisoblanadi.

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi: prezident huzuridagi Paxtachilik kengashi reglamenti; Paxtachilik kengashi boshqaruv guruhi tarkibi.

Mavzuga oid