O‘zbekiston | 13:46 / 01.08.2022
10597
1 daqiqa o‘qiladi

NKMK 1,2 mlrd dollarlik xalqaro kreditni jalb qildi 

O‘zbekiston tarixida birinchi marta «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ tomonidan yetakchi xalqaro banklardan 5 yil muddatga garovsiz uzoq muddatli sindikatsiyalashgan kredit jalb etildi. 

Foto: Navoiy kon-metallurgiya kombinati

NKMK matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bitim umumiy qiymati 1,2 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi. Mablag‘larni taqdim etishda PMorgan Chase, Citi, Societe Generale, Credit Suisse, ICBC Standard, Halyk Bank va Deutsche Bank kabi banklar ishtirok etmoqda. 

Mablag‘lar kompaniya umumiy korporativ maqsadlari hamda investitsiya dasturini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

2019 yilda boshlangan NKMK transformatsiyasi kompaniyaning O‘zbekiston oltin qazib olish sanoatidagi mavqeyini mustahkamladi. 

NKMK 2017-2026 yillarda umumiy qiymati 3 milliard dollardan ortiq bo‘lgan mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini qurish bo‘yicha 27 ta loyihani amalga oshirishni rejalashtirgan bo‘lib, ularni amalga oshirish zavod ishlab chiqarish quvvatini 30 foizga oshirish imkonini beradi.

Mavzuga oid