Jahon | 17:02 / 05.08.2022
5340
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya 14 nafar bolgariyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuboryapti

RF TIV Bolgariya tomonidan 70 nafar rossiyalik diplomatning chiqarib yuborilishi va Rossiya diplomatik vakolatxonalari xodimlari uchun kvota joriy etilishiga javoban chora-tadbirlar e’lon qildi.

Foto: Picture Alliance

RF TIV Bolgariyaga qarshi javob choralari va Bolgariya elchixonasi hamda konsulliklarining 14 nafar xodimi chiqarib yuborilishini e’lon qildi. Diplomatlarni persona non grata deb e’lon qilgan nota Bolgariyaning RFdagi elchisi Atanas Kristinga topshirildi, u Smolensk maydoniga chaqirildi, deb xabar berdi 5 avgust, juma kuni Rossiya tashqi siyosat idorasi.

Bayonotda aytilishicha, bu Sofiyaning 70 nafar rossiyalik diplomatni chiqarib yuborish, Bolgariya Rossiya diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlari soniga kvota joriy etish hamda RFning Rusedagi bosh konsulligini vaqtincha yopish haqidagi qaroriga javobdir. Idora Bolgariya tomonini nodo‘stona harakatlarda aybladi.

Iyun oyi oxirida Bolgariya 70 nafar diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlarni chiqarib yuborishini e’lon qildi. Sofiyaning qarori Yevropa tashqi siyosiy faoliyat xizmati (EEAS) tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, u RF elchixonasi xodimlari diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasini buzganini ta’kidladi. O‘z navbatida, NATO Bolgariya bilan birdamligini bildirdi va uning rossiyalik xodimlarni chiqarib yuborish qarori suveren ekani, uni hurmat qilish kerakligini qayd etdi.

Mavzuga oid