O‘zbekiston | 15:14 / 15.08.2022
7658
1 daqiqa o‘qiladi
Tender savdolarida 2,5 mingdan ortiq raqobatga zid holat aniqlandi
O‘tgan ikki chorak yakunida o‘rganilgan 4512 ta tender savdosining 2305 tasida 2511 ta raqobatga zid holat aniqlangan.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Mirzohid Komilov davlat xaridlarini yanada liberallashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Aniqlangan qonunbuzilishlari quyidagilardan iborat:
- savdolar o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibini buzish – 823 ta holat;
- ishtirokchilar o‘rtasida affillanganlik (ishtirokchilar o‘zaro kelishib olgan holda raqobat muhitiga ta’sir etishi) – 419 ta holat;
- buyurtmachi va ishtirokchi o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi – 139 ta holat;
- buyurtmachi va ishtirokchi o‘rtasidagi kelishib olingan harakatlar – 130 ta holat.
Qo‘mita va hududiy boshqarmalarga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat xaridlari sohasida 101 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlar asosida o‘tkazilgan tahlil natijasida 67 ta tanlov (tender) savdoda 92 ta raqobatga zid holat aniqlangan.
Mavzuga oid
13:04 / 23.10.2024
Telekommunikatsiya sohasida operatorlar va provayderlarga adolatli raqobat muhiti ta’minlanadi
19:03 / 15.10.2024
“Raqobat siyosati kerak” – Nobel mukofoti laureati O‘zbekiston iqtisodiyoti haqida
22:29 / 11.10.2024
Namanganda chiqindi tashish korxonasi iste’molchilarga asossiz haq hisoblagani aniqlandi
08:30 / 09.10.2024