Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari biroz issiq ob-havo kutilmoqda
Bugun O‘zbekiston bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi.
Foto: Kun.uz
Bugun, 26 avgust kuni faqat Namangan va Farg‘ona viloyatlari tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, momaqaldiroq paytida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi.
Qayd etilishicha, harorat foni ushbu kun me’yoriy qiymatlariga yaqin bo‘ladi va 32-35 daraja issiqni tashkil etadi.
Dam olish kunlari quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kechalari 14-17 daraja iliq, kunduz kunlari 33-35 daraja issiqni tashkil etadi.