Mask insoniyatni saqlab qolish uchun neft va gaz qazib olishni davom ettirish zarurligini aytdi
Milliarderning fikricha, yashil energetikaga o‘tish dunyo duch kelgan eng katta muammolardan biri.
Dunyoning eng badavlat odami Ilon Mask insoniyatni saqlab qolish uchun neft va gaz qazib olishni davom ettirish zarurligini bildirdi.
«Qisqa muddatli istiqbolda neft va gazdan foydalanishimiz kerak, aks holda insoniyat inqirozga uchraydi deb o‘ylayman», — dedi Tesla kompaniyasi asoschisi.
Milliarderning fikricha, yashil energetikaga o‘tish dunyo duch kelgan eng katta muammolardan biri.
«Bunga o‘nlab yillar kerak bo‘ladi», — dedi u.
Mask dunyodagi tug‘ilish darajasini asosiy muammolardan biri deb atadi.
«Insoniyat yo‘qolib ketmasligi uchun odamlarda yetarlicha farzandlar bo‘lishi kerak», — dedi milliarder.
U avvalroq tug‘ilish darajasining pasayib ketgani natijasida yuzaga kelgan demografik inqiroz insoniyaga global isishdan ko‘ra ko‘proq xavf solishini yozgandi. Uning fikricha, bu muammoni hal qilishning yagona yo‘li - ko‘p farzand ko‘rish.
Mavzuga oid
23:52 / 19.09.2024
AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirib yuborilgan tviti bo‘yicha tekshiruv boshladi
21:56 / 19.09.2024
Ramzon Qodirov Cybertruck elektromobili Ilon Mask tomonidan «o‘chirib qo‘yilganini» aytdi
20:28 / 18.09.2024
Neuralink ko‘rlarning ko‘rish qobiliyatini tiklovchi implantni ishlab chiqadi
23:02 / 14.09.2024