AQSh Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirib yuborilgan tviti bo‘yicha tekshiruv boshladi
Mask o‘z posti orqali nima uchun Bayden yoki Harrisga suiqasd uyushtirilmayotganini yozgan. Ushbu tvitga oid ma’lumotlar tergov jarayonlariga xalaqit bermasligi uchun oshkor etilmaydi.

Foto: Getty Images
AQSh prezidenti va uning oilasi a’zolari xavfsizligini ta’minlashga mas’ul Maxfiy xizmat SpaceX asoschisi va X ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Maskning tviti sabab tekshiruv boshladi, deb xabar beradi Bloomberg.
Maxfiy xizmatning ma’lum qilishicha, Maskning posti haqidagi ma’lumotlar «huquqiy maqsadlarda to‘plangan» va tergov jarayonlariga xalaqit bermasligi uchun oshkor etilmaydi.
Axios’ning ta’kidlashicha, Maxfiy xizmatning tergovi Mask biror-bir javobgarlikka tortilishini anglatmaydi, ammo u prezident Jo Bayden yoki prezidentlikka nomzod Kamala Harris uchun xavf tug‘dirmasligini isbotlashga majbur bo‘ladi.
Gap Mask 15 sentabr kuni kechqurun, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampga uyushtirilgan hujumdan keyin yozgan tviti haqida ketmoqda. Mask X ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilardan birining «Nima uchun ular Donald Trampni o‘ldirmoqchi?», degan tvitini repost qilgan va unga «Hech kim Bayden yoki Kamalani o‘ldirishga urinmayapti», deya izoh qoldirgan.
Foydalanuvchilar Maskdan tvitni o‘chirib tashlashni talab qildi, ammo u bunday qilishdan bosh tortdi. Natijada, u ertasi kuni tvitini o‘chirib, bu hazil bo‘lganini bildirdi.
Maskning posti Oq uyda tanqid qilindi. «Prezident Bayden va vitse-prezident Harris kechagi vahimali yangiliklardan keyin e’lon qilganidek, «mamlakatimizda siyosiy zo‘ravonlikka yoki har qanday turdagi zo‘ravonlikka» o‘rin yo‘q va «barchamiz ushbu mojaro katta zo‘ravonlikni keltirib chiqarmasligi uchun o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak», — deyiladi Oq uy xabarida.
AQSh sobiq prezidentiga suiqasd
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampga «yaqin masofada» otishma yuz berdi. Bu haqda saylovoldi shtabi 15 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida yozgan. Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq prezidenti xavfsiz joyda ekani xabar qilindi.
Shu bilan birga, Trampning o‘g‘li, kichik Donald Tramp o‘zining X akkauntida voqea sodir bo‘lgan joy yaqinidagi butalar orasidan AK-47 avtomati topilganini da’vo qildi. «Gumonlanuvchi qo‘lga olingan», deb qo‘shimcha qildi kichik Tramp.
New York Post gazetasining xavfsizlik manbalariga tayanib yozishicha, o‘q faqat AQSh maxfiy xizmati agenti tomonidan otilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan, biroq uning bunday qilishiga nima sabab ekani haqida hech narsa ma’lum emas.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yashil chiroq: Ukraina endi uzoq masofalarga zarba bera oladi
Jahon | 00:41
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
To‘qayev Qozog‘iston BMTni isloh qilish tarafdori ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:02
-
Kiyevga yashil chiroq: Ukraina endi uzoq masofalarga zarba bera oladi
Jahon | 00:41
-
Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 00:30
-
Putin urushdagi yordami uchun Kim Chen Inga nima sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 23:49 / 29.05.2025
Mavzuga oid

09:50 / 29.05.2025
«Vakolat muddatim tugamoqda». Mask davlat ishidan ketishini e’lon qildi

19:19 / 28.05.2025
Telegram'ga Ilon Maskning Grok sun’iy intellekti integratsiya qilinadi

09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi

22:45 / 27.05.2025