15:12 / 29.08.2022
7542

OTMga o‘qishga kirgan talabalardan STIR talab etilmaydi - Soliq qo‘mitasi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qishga kirgan talabalardan talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati e’lon qilingan bo‘lib, unda STIR (INN) ham ko‘rsatilgan.

Foto: Kun.uz

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, STIR raqami mavjud bo‘lmagan shaxslar yoki ularning yaqinlari tomonidan soliq organlariga telefon orqali yoki shaxsan borib, STIR so‘rash holatlari uchramoqda.

2021 yil 1 iyuldan boshlab davlat soliq xizmati organlarida jismoniy shaxslar hisobini yuritish jismoniy shaxs shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)dan foydalangan holda amalga oshirilmoqda.

2021 yil 1 iyuldan boshlab jismoniy shaxslarga soliq to‘lovchi identifikatsiya raqami (STIR)ni berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish to‘xtatilgan.

Soliq qo‘mitasi barcha OTMlardan talabalikka tavsiya etilgan shaxslardan STIR talab qilmaslikni so‘ragan.

Bildirilishicha, davlat tashkilotlari tomonidan aholidan STIR talab qilinishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi. 

Top