O‘zbekiston | 07:22 / 03.09.2022
5463
1 daqiqa o‘qiladi

«Nomsiztepa» arxeologiya yodgorligiga 4,3 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Madaniy meros agentligi tomonidan yana bir arxeologiya obektiga zarar yetkazayotgan shaxslar to‘xtatildi.

Foto: Madaniy meros agentligi

Samarqand viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari davomida Jomboy tumanida joylashgan «Nomsiztepa» arxeologik yodgorligiga zarar yetkazish holati aniqlandi.

Ushbu yodgorlik Vazirlar Mahkamasining «Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori bilan davlat himoyasiga olingan. 

O‘rganish natijasida arxeologik yodgorlik g‘arbiy tomonidan uzunligi 120 metr, eniga 1,5 metr va balandligi 1 metr, umumiy hajmi 180 metr kub tuproq tekislanib olingani aniqlandi. Hududiy boshqarma tomonidan tuproq qazib olish jarayoni to‘xtatilgan va javobgarlarga nisbatan ogohlantirish berilgan. 

Arxeologiya obektiga yetkazilgan zarar miqdori 4.3 mlrd so‘m etib belgilandi va holatga huquqiy baho berish uchun hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Mavzuga oid