1 sentabrdan oilaviy nodavlat bog‘chalarda qatnayotgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar farzandlari va maxsus kontingentlar soni tarbiyalanuvchilar soni 70 foizidan kam bo‘lganda, yetmagan qismiga boshqa oilalar bolalarini qabul qilishga ruxsat berildi.
![](https://storage.kun.uz/source/8/8ygIaS_ZWxH20FsQNFXIf3VNs__eCxQv.jpg)
Foto: Kun.uz
Shuningdek, tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchi lavozimlari uchun 4,5 tagacha shtat birligini ajratishga ruxsat etiladi, tarbiyachi va tarbiyachi-yordamchilarga budjetdan ish haqini qoplash uchun subsidiya to‘g‘ridan to‘g‘ri ushbu xodimlar plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.
Davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan bog‘chalarda, oilaviy bog‘chalarda:
- budjetdan to‘lanadigan subsidiya va kompensatsiyalarni hisoblashda 3 yosh va undan katta yoshdagi, lekin 7 yil 8 oydan katta bo‘lmagan yoshdagi tarbiyalanuvchilar hisobga olinadi;
- ota-onalar to‘lovi miqdorini mustaqil ravishda belgilab 3 yoshga to‘lmagan bolalarni ham qabul qilishga ruxsat etiladi.