Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti Özbekistonda xonadonlarda bolalar uçun möljallangan kitoblarning mavjudligi ularning savodxonlik-hisoblaş könikmasiga qanday ta’sir qilişini örgandi.
Tadqiqot 3-5 yoş oraliğidagi farzandlari bor oilalarda bolalar adabiyotining mavjudligi va savodxonlik-hisoblaş qobiliyatining rivojlanişi örtasidagi boğliqlikni örganişga bağişlangan. Boğliqlikni tekşiriş kitoblar sonidan taşqari bir qança omillarga asoslangan. Xususan: oila a’zolarining bolaga kitob öqib berişi, onaning ta’lim darajasi va oilaning moliyaviy holati.
Tadqiqot doirasida 3-5 yoş oraliğidagi bolalarga quyidagi 3 ta savol berilgan:
- alifbodan kamida beşta harfni tanişi;
- birdan beşgaça raqamlarni bilişi;
- öz ismini yoza olişi.
Va aniq böldiki, Özbekistondagi oilalarda bolalar uçun möljallangan kitoblar sonining 1 birlikka oşişi ulardagi savodxonlik-hisoblaş könikmasining normal rivojlanganlik darajasida böliş ehtimolini taxminan 12,39 foizga oşiradi.
Oilasida kimdir kitob öqib bergan bolalarning me’yordagi aqliy rivojlaniş darajasi kitob öqilmagan oiladagi bolanikiga nisbatan salkam 2 baravar yuqori böladi.
“Har yili dunyoda 249 million nafarga yaqin bola muayyan resurslar yetarli bölmagani oqibatida rivojlanişdan orqada qolmoqda. Kognitiv va ijtimoiy-emotsional qobiliyatni rivojlantiriş maqsadida yoşlarga yönaltirilgan investitsiyalar kelajakdagi iqtisodiy samaradorlikning poydevorini yaratadi. Bola 3-5 yoş oraliğida bölgan paytda uning miyasida neyronlar şakllanadi. Şu bois davlat ijtimoiy dasturlarida aynan mazkur yoşdagi bolalarga alohida e’tibor qaratiş dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Uyda bolalar uçun möljallangan adabiyotlarning mavjudligi tarbiyaçi va bolalarning özaro munosabatlarini rivojlantiradi hamda bolalarning umumiy rivojlanişiga ijobiy ta’sir qiladi”, deyiladi tadqiqotda.
Tahlilga köra, Özbekistonda uyida kamida bitta adabiyot bölgan bolalar uluşi 73,6 foizni, uyida 10 dan ortiq kitob bor bölgan bolalar uluşi 13,9 foizni taşkil etadi. Biroq bolalarning 26,4 foizining uyida ular uçun möljallangan kitoblar yöq.







