Ijtimoiy tarmoqlarda yoşi katta erkak yoş bolaning yuz qismiga urayotgani holati aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani mazkur holatni örganayotganini ma’lum qildi.
Aniqlanişiça, holat 2024 yil 30 iyun kuni Toşkent şahrida yuz bergan. Mirzo Uluğbek tumanida yaşovçi nafaqaxör M.A. 4 yoşli (2020 yilda tuğilgan) nabirasi A.A. bilan köçaga sayrga çiqqan.
Şu vaqtda bola yugurib uzoqqa ketib qolgan, bobosi esa nabirasidan xavotir olib, bolani qidirgan.
Söng uyidan olisroq bölgan maktab oldida topib, jahl ustida nabirasini bir neça bor qattiq urgan.
Qayd etilişiça, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda. Bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlaş yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Avvalroq, Termizda ota öz farzandini ayovsiz urib, şafqatsiz munosabatda bölgandi. Samarqand viloyati Toyloq tumanida ota 6 yoşli ögay öğlini kamar bilan savalagandi.












