Ijtimoiy tarmoqlarda erkak kiçik yoşdagi bolani kamar bilan kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilayotganini ma’lum qildi.
Aniqlanişiça, hodisa 2024 yil 23 iyun kuni Samarqand viloyati Toyloq tumanida sodir bölgan.
36 yoşli erkak özi bilan 2024 yildan birga yaşab kelayotgan ayolning 2017 yilda tuğilgan 6 yoşli öğlini yaşaş xonadoni hovlisida qölida bölgan kamar bilan kaltaklagan.
Holat yuzasidan 24 iyun kuni tergovga qadar tekşiruv boşlangan. Kaltaklangan bolada tan jarohatlari aniqlanib, hozirda unga tibbiy yordam körsatilmoqda. Bu borada sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Şuningdek, erkak Toyloq tumani tibbiyot birlaşmasi tibbiy körigidan ötkazilganda, uning ruhiyatida özgarişlar borligi aniqlanib, Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar şifoxonasiga yotqizilgan. Uning holati yuzasidan sud-psixiatrik ekspertiza tayinlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Toyloq tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda qöşimça axborot beriladi.
Avvalroq, farzandini muttasil kaltaklab kelgan buxorolik ayol 3 yilga qamalgandi.












