Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
METALL CENTER kompaniyasi 7 yilligini keng nishonladi
Joriy yilning 3 sentabr kuni METALL CENTER kompaniyasi o‘zining 7 yillik yubileyini nishonladi.
METALL CENTER 2016 yildan buyon aholining keng qatlamiga, yirik mahalliy ishlab chiqaruvchilar va quruvchi kompaniyalarga metall mahsulotlari yetkazib berishda samarali faoliyat yuritmoqda. Kompaniyaning asosiy faoliyati metall buyumlarning ulgurji, chakana va tashqi savdosi hisoblanadi. 3 sentabr kuni METALL CENTER kompaniyasi o‘zining 7 yillik yubileyini barcha xodimlari bilan birgalikda tantanali tarzda nishonladi.
METALL CENTER kompaniyasi ta’sischisi Abduvosiq Mo‘minov korxona faoliyati 8 kishilik jamoa bilan boshlanganini aytdi: “Jamoamizda 8 kishi bilan faoliyat boshlagan bo‘lsak, bugunga kelib 200dan ortiq xodimlar bilan ishlayapmiz.
Ayni paytda Buxoro, Samarqand, Namangan, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida filiallarimiz ishga tushgan.
2023 yilda sport yo‘nalishida ham tadbirkorlik faoliyatimizni yo‘lga qo‘yib, sport maktabi ochishni rejalashtirganmiz. Turkiya, Eron, Rossiya davlatlari bilan hamkorlikda ishlayapmiz. Yevropa davlatlari bilan ham qo‘shma loyihalar ustida ishlash niyatidamiz”.
O‘zbekiston respublikasi mustaqilligining 31 yilligi arafasida 7 yilligini nishonlayotgan kompaniya o‘zining barcha ishchi-xodimlarini bayram dasturxoni atrofida birlashtirdi. Tadbirda o‘z mehnati bilan kompaniya faoliyatiga hissa qo‘shayotgan xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Kompaniyaning moliya va iqtisod bo‘limi boshlig‘i Jasurbek Abdurayimovning aytishicha, o‘z malaka va bilimlarini oshirishni istagan xodimlar uchun oliy ta’lim muassasalarida tahsil olishda shartnoma pullari to‘liq kompaniya tomonidan to‘lab beriladi.
“Kompaniyamiz boshqa loyihalarni ham amalga oshiryapti. Jumladan, “Sharq balig‘i” brendi ostida baliqchilik sohasida, “Vodiy tongi” brendi ostida chorvachilik sohasida tadbirkorlik ishlarini boshladik. Aholi uchun sifatli baliq va sut mahsulotlari yetkazib berishda o‘z hissamizni qo‘shmoqchimiz”, - deydi kompaniya ta’sischisi Abduvohid Mo‘minov.

“METALL CENTER” O‘zbekiston bozorida shaffof ishbilarmonlik muhiti, mijozlarga maksimal darajada qulaylik, moslashuvchan narx siyosati va vazifalarni kompleks hal etishi bilan mashhur. Hozirgi kunda kompaniya respublikadagi barcha mahalliy metall buyumlar ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
“METALL CENTER” ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Telegram: https://t.me/metallcenter
Sayt: www.metallcenter.uz
Telefon: +998 78 777 7775
Reklama