O‘zbekiston | 07:38 / 08.09.2022
16864
3 daqiqa o‘qiladi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar qanday lavozimlarda ishlashi mumkinligi aniqlashtirildi

Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun tavsiya etilgan ishchi kasblar va xizmat lavozimlari namunaviy ro‘yxati (klassifikatori). Ushbu ro‘yxatda 70 ta mehnat turi bo‘yicha 700 ga yaqin kasb va mutaxassisliklar aks ettirilgan, ular orasida elektr va avtotelejka haydovchisi, prezident xalq qabulxonasi inspektori, shifokor-mutaxassis, ekspert, tovarshunos va hokazo bor;  
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar faoliyat yuritishi uchun ish o‘rinlari va kasblarni moslashtirish bo‘yicha tavsiyalar. Ushbu hujjatda nogironligi bo‘lgan shaxslar ish joylarini attestatsiyadan o‘tkazish, ish joylaridagi jihozlar va mehnat qurollari bo‘yicha tavsiyalar, sanitariya-maishiy va maxsus xonalarni tashkil etish va jihozlash bo‘yicha tavsiyalar aks ettirilgan. Bino ichida nogironligi bo‘lgan shaxslar foydalanadigan eshiklarni ochish-yopish moslamalari, gorizontal tutqichlar, dastaklar, jo‘mraklar, uskunalarni ishga soluvchi tugmalar va boshqa jihozlar balandligi 1,1 metrdan oshmagan bo‘lishi lozim. Liftlar, xollar, tamburlari va hojatxona kabinalarida “tashvish” qo‘ng‘iroq tugmasi va dispetcher (navbatchi) bilan gaplashish tuzilmasini o‘rnatish tavsiya etiladi;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar faoliyat yuritishi mumkin bo‘lgan kasblar va lavozimlar ro‘yxati hamda mehnat sharoitlari bo‘yicha tavsiyalar. Meningit, araxnoidit, meningoensefalit G03, ensefalit yoki ensefalomiyelit G05 kasalligi oqibatida nogironlik orttirgan shaxslar to‘qima mebellar to‘quvchi, texnik-gidrolog, tibbiy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi, liftchi sifatida ishlashi mumkin. Ularga yengil jismoniy zo‘riqish, asab-ruhiy zo‘riqish yengil yoki o‘rtacha, yuk bir marotaba ko‘tarish og‘irligi 5 kg gacha (erkaklar uchun), 3 kg gacha (ayollar uchun) bo‘lgan sharoitlarda ishlash tavsiya etiladi.

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga ish so‘rab murojaat qilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar ish bilan bandligiga ko‘maklashish uchun yo‘llanmalar berishda tavsiya etilgan kasb va lavozimlarni inobatga olishlari lozim.

Mavzuga oid