O‘zbekiston | 07:31 / 09.09.2022
8861
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 4 ta ko‘cha yopiladi

9-11 sentabr kunlari poytaxtda Tashkent Music Fest 2022 musiqa festivali o‘tkaziladi. 

Shu munosabat bilan 9 sentabr soat 00:00 dan 12 sentabr soat 18:00 gacha bir necha ko‘chalar yopiladi.

Ular quyidagilar:

  • Buyuk Turon ko‘chasi Alisher Navoiy shohko‘chasi bilan kesishmasidan Mustaqillik shohko‘chasigacha;
  • Istiqlol ko‘chasi Buyuk Turon ko‘chasi bilan kesishmasidan Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasigacha;
  • Zarafshon ko‘chasi Alisher Navoiy shohko‘chasi bilan kesishmasidan Mustaqillik shohko‘chasigacha;
  • Javaharlal Neru ko‘chasi Zarafshon ko‘chasi bilan kesishmasidan Mustaqillik shohko‘chasigacha. 

Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid