O‘zbekiston | 17:00 / 16.09.2022
5884
4 daqiqa o‘qiladi

Korzinka Plus bilan ham bonuslarda, ham qulayliklarda doim plyusda bo‘ling!

O‘zbekistondagi yirik supermarketlar tarmoqlaridan biri – Korzinka o‘z Karta dasturini har tomonlama keng va bosqichma-bosqich rivojlantirish yo‘lida uni Korzinka Plus deya nomladi.

Foto: Korzinka

Yangilanish Korzinkaning doimiy mehmonlaridan tortib karta dasturining yangi ishtirokchilariga qadar unumli va samarali xaridlar tomon qulay tizimni taqdim etadi.

Korzinka Plus dasturi qanday ishlaydi, uning afzalliklar nimadan iborat, salom-bonuslar nima?

Dasturning a’zosiga Korzinka supermarketlarining o‘zida ma’lum miqdorda xaridni amalga oshirib a’zo bo‘lasiz, lekin… Korzinka ilovasi orqali bepul virtual karta ochib ham bemalol a’zo bo‘lish va hatto sovg‘a sifatida 5000 salom-bonus olish mumkin. Bu eng oson yo‘li!

Maqolaning quyirog‘ida Korzinka Plus dasturining moddiy kartasiga qanday yo‘llar bilan ega bo‘lish mumkinligi haqida tushuntiramiz. Hozircha esa Korzinka Plus dasturida bonuslar qanday hisoblanishi haqida hikoya qilib beramiz.

Korzinka Plus dasturining ishtirokchisiga aylandingiz va supermarket tomon xaridlarga oshiqdingiz. Jami N summaga bozorlik qildingiz. Korzinka Plus dasturi ishtirokchisi ekanligingizni tasdiqlash uchun kassirga Korzinka mobil ilovasidagi dinamik QR-kod yoki Korzinka kartangizni taqdim etasiz. N summaning 1% qismi sizga doimiy, kafolatlangan bonus sifatida karta hisobingizga tushirib beriladi.

Siz 1 oy davomida Korzinkadan xarid qildingiz – xaridlaringiz umumiy summasi 1 million so‘m yoki undan ko‘proqni tashkil etdi. Ushbu summaning 1% qismi keyingi oy avvalida oylik bonus sifatida hisobingizga tushirib beriladi.

Siz 3 oy (bir kalendar choragi) davomida Korzinkadan 3 million so‘m yoki undan ko‘proqqa xarid amalga oshirdingiz, buning uchun sizga ushbu summaning 1% qismi keyingi chorak boshlanishidan oldin choraklik bonus sifatida o‘tkaziladi.

Bonuslar to‘plash shinavandasi bo‘lsangiz, eslatib qo‘yishimiz joiz – bonuslarning yaroqlilik muddati 12 oyni tashkil etadi (masalan, 2022 yilning 6 sentabr sanasida bonus hisobingizga 5800 bonus yozilgan bo‘lsa, 2023 yilning 6 sentabrigacha uni ishlatmasangiz, mazkur bonuslar kuyib ketadi).

Korzinka kartasini qanday olish mumkin?

Korzinka Plus dasturining a’zosiga aylanishning bir necha oson usullari mavjud. Buning uchun quyidagilardan istalgan birini amalga oshirishingiz zarur:

- 100 000 ming so‘mdan ortiq summaga bir martalik xaridni amalga oshirish;

- 50 000 so‘mdan ko‘p summaga xarid amalga oshirish va eko-sumka sotib olish;

- Ko‘ngilli qon donori karta ma’lumotnomasini taqdim etish;

- Avvalgi Korzinka kartasini almashtirish;

- Istalgan bonus yoki Korzinka kartasini almashtirish;

- Bu yil yoki o‘tgan yilda tug‘ilgan farzandning tug‘ilganlik haqida guvohnomasini taqdim etish;

- Pensiya guvohnomasini taqdim etish.

Korzinka Plus dasturi bilan siz o‘zingizni doim Korzinka supermarketlar tarmog‘i karta dasturi ishtirokchilari klubi a’zosidek his etasiz va ushbu umum madaniyatining elchisiga aylanib borasiz.

Chunki Korzinka o‘z mehmonlariga nafaqat foyda, balki qadrdon manzilga taalluqlilik tuyg‘usini ham taqdim etishni o‘z maqsadlaridan biriga aylantirgan.

Korzinka Plus dasturi haqida yanada batafsil havola orqali tanishishingiz mumkin.

Korzinka ilovasini bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

Call-markaz: +998781401414

Korzinka – odatdagidan unumli!

Mavzuga oid