O‘zbekiston | 17:00 / 19.09.2022
7062
6 daqiqa o‘qiladi

Shell kompaniyasi O‘zbekistondagi asosiy hamkorlari uchun konferensiya o‘tkazdi

Tadbir Shell kompaniyasining O‘zbekistondagi eng yirik yetkazib beruvchi va rasmiy distribyutori - OilGroup tomonidan tashkil etildi. Anjumanda moylash materiallarining asosiy iste’molchilari ishtirok etdi.

Foto: OilGroup

6 sentabr kuni Hilton Tashkent City’da Shell kompaniyasining O‘zbekistondagi asosiy hamkorlari uchun birinchi konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirni brendning rasmiy distribyutori — OilGroup kompaniyasi tashkil qildi.

Foto: OilGroup

Konferensiyada O‘zbekiston va xorijdan jami 45 ta yetakchi kompaniyalar ishtirok etdi. Ishtirokchilarning yarmidan ko‘pi yuqori lavozimdagi rahbarlar edi. Ayrimlar nomidan ishlab chiqarish, ilmiy-texnikaviy bloklar rahbarlari va mutaxassislari, transport va sanoat korxonalarining ta’minot xizmatlari vakillari ishtirok etdi.

Foto: OilGroup

 

Konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad moylash materiallarining yetakchi iste’molchilari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish, moylash materiallariga bo‘lgan talabning rivojlanish tendensiyalari va uning o‘zgarishlarini aniqlash, O‘zbekistondagi hamkorlar va distribyutor o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘batlantirishdan iborat.

Foto: OilGroup

Konferensiya uch blokka bo‘lindi: Shell Middle East vakillari va OilGroup ma’ruzachilari taqdimotlari, tantanali kechki ovqat va Shell rivojlanishiga qo‘shgan hissasi va samarali hamkorlik uchun hamkorlarni taqdirlash. Tadbirning barcha bo‘limlari maxsus interaktiv formatda o‘tkazildi, bu esa tinglovchilarni tadbir mavzulari bo‘yicha muhokamalarga jalb etish va ishtirokchilarning fikr-mulohazalarini olishga yordam berdi.

Foto: OilGroup

«Xodimlarimizning malakasi va bilim darajasi mijozlarimizga xalqaro darajada maslahat va texnik yordam ko‘rsatish imkonini beradi. Biz mijozlarimizga hamkorlikning barcha bosqichlarida, ularning ehtiyojlarini tahlil qilishdan tortib, sotuvdan keyingi va texnik xizmat ko‘rsatishgacha yordam beramiz» — dedi konferensiyada OilGroup direktori Sergey Ayrapetyans.

Foto: OilGroup

Tadbir doirasida tashkilotchi kompaniya spikerlari va Shell Middle East’ning Dubaydagi shtab-kvartirasi vakillari Shell’ning barqaror rivojlanishi, sanoat ishlab chiqarish uchun moylar, OilGroup kompaniyasining faoliyati va dunyodagi beqaror vaziyatda qulay xaridlar imkoniyatlari haqida gapirib berishdi. Ular orasida:

Shell Middle East:

*   Osama Magdi — Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha distribyutorlar bilan aloqalar menejyeri;

*   Axmed Jaudat — Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha marketing menejyeri;

OilGroup:

*   Aleksandr Tishakov — OilGroup texnik bo‘limi boshlig‘i.

*   Nikita Sviridov — OilGroup savdo va marketing bo‘limi rahbari.

Foto: OilGroup

«Sizning sohangiz qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, Shell sizning uskunalaringiz va jihozlaringiz muammosiz ishlashi uchun to‘liq mahsulot va xizmatlarga ega. Bizning xizmatimiz yordamida siz qanday qilib to‘g‘ri moylash materiallaridan foydalanish, uskuna samaradorligini oshirish, transport vositasi ishlash muddatini uzaytirish va ishlamay qolish vaqtini qisqartirish orqali sezilarli darajada pul tejash imkoni haqida bilib olasiz»,  — dedi savdo va marketing bo‘limi boshlig‘i Nikita Sviridov.

Foto: OilGroup

Konferensiyada moylash materiallarining eng yirik iste’molchilari — sanoat korxonalari ishtirok etdi. Ular orasida NKMK, OKMK, «O‘ZBEKKO‘MIR», Indorama Agro va boshqa sohaning yirik ishtirokchilari bor edi.

Foto: OilGroup

Bundan tashqari, Shell hamkorlik uchun sheriklarga mukofotlar va kompaniyalarga nominatsiyalarni topshirdi:

1.    NKMK — «Shell'ning O‘zbekistondagi eng yirik iste’molchisi».

2.    OKMK — «Vaqt sinovidan o‘tgan barqarorlik».

3.    Indorama Agro — «Shell kompaniyasining O‘zbekiston agrosanoat sohasidagi eng yirik hamkori».

4.    «V. L. Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi» — «Yilning texnik loyihasi».

5.    «O‘ZBeKKO‘MIR» — «Shell'ning eng sodiq mijozi».

6.    «OHANGARONseMeNT» — «Sanoat yetakchisi».

7.    Aksa Energy — «Yil kashfiyoti».

Foto: OilGroup

Shell va distribyutor OilGroup hamkorlarga birgalikdagi ishlari uchun minnatdorchilik bildirmoqda va mahsulotlarni ishlab chiqarishga joriy etishning barcha bosqichlarida sanoat mijozlarini qo‘llab-quvvatlab, hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Siz OilGroup distribyutoridan maslahat olishingiz va hamkorlik shartlarini quyidagi telefon orqali bilib olishingiz mumkin: (+998) 78−148−11−48.

Sayt: oilgroup.uz

Reklama huquqlari asosida.