18:55 / 29.09.2022
5998

“Go Wasteless” loyihasi “Wasteless” innovatsion mobil ilovasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Foto: GO Wasteless

2022 yil 27 sentabr kuni “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasining Yapon bog‘ida yangi ijtimoiy ahamiyatga ega “GO Wasteless” ekologik loyihasi va “Wasteless” innovatsion mobil ilovasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Foto: GO Wasteless

“Go Wasteless” loyihasi – bu O‘zbekistonning ekologik muammolarini yechishga salmoqli hissa qo‘shishni istagan mas’uliyatli va manfaatdor tashkilot va hamkorlarning uyushmasidir.

Ushbu loyiha tashabbuskori O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va “Ekomaktab” ekologik resurs markazi jamoat ekologik tashkiloti bilan hamkorlikda Coca-Cola fondining (The Coca-Cola Foundation) moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.

“GO Wasteless” loyihasi jamoat ovqatlanish sektorining (HoReCa sektori) qayta ishlanadigan chiqindilarini intellektual yig‘ish va “Wasteless” mobil ilovasi yordamida to‘plash va qayta ishlash zanjirini yo‘lga qo‘yishni ta’minlashga yo‘naltirilgan. Restoranlar, keyinchalik esa boshqa chiqindi ishlab chiqaruvchilar sifatli chiqindilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta ishlab chiqaruvchilarga sotish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. “Wasteless” mobil ilovasi orqali o‘zaro hamkorlik saqlash va tashishga xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi. Maishiy chiqindilarni tezkor yig‘ish va qayta ishlash atrof-muhit ifloslanishini ma’lum darajada oldini oladi hamda shaharlarni aholi, sayyoh va mehmonlar uchun tozaroq va ko‘rkamroq bo‘lib saqlanishiga olib keladi. 

Hozirgi vaqtda “GO Wasteless” loyihasi Toshkent shahri doirasida boshlandi. Keyinchalik chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlashga yo‘naltirilgan ushbu tizimni O‘zbekistonning boshqa shahar va yirik turistik markazlarida amalga oshirish rejalashtirilmoqda.    

Foto: GO Wasteless

“Wasteless” mobil ilovasi ishga tushirilib, dastlabki sinovdan o‘tdi va qulay va tushunarli rejimda tezkor ishlayotgani aniqlandi. 2022 yilning oxirida GO Wasteless loyihasining ishchi jamoasi Toshkentdagi jamoat ovqatlanish sektorining 1000 ga yaqin joyini ilovaga ulashni maqsad qilib qo‘ygan. Hozirgi vaqtda ulardan 200 dan ortig‘i ushbu loyihada ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirdi. Bu esa biznesning atrof-muhit tozaligini saqlash va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadini ko‘zlayotganidan dalolat beradi.

“GO Wasteless” loyihasini amalga oshirishda jamoat ovqatlanish nuqtalarining eng ekologik va mas’uliyatli joylarini “GO Wasteless” belgisi bilan belgilab borish ko‘zda tutilmoqda. Bu HoReCa vakillarining ekologiyaga bo‘lgan do‘stona va befarq bo‘lmagan munosabatlarini ifoda etishda o‘ziga xos usul bo‘ladi hamda chiqindilarni ajratib yig‘ish jarayonini ommalashtirishga xizmat qiladi.

Biznesni yuritishga barqaror yondashuv va hamjamiyatlarni barqaror rivojlantirishga qo‘shilgan hissa Coca-Cola kompaniyasining faoliyat yuritayotgan mamlakatlaridagi ustuvor vazifalari. 

Coca-Cola kompaniyasining rahbari Djyeyms Kuinsi 2018 yilda Davosda bo‘lib o‘tgan Butunjahon iqtisodiyot forumida shunday degandi: “Biz sayyoramizga xuddi dunyoda yana bitta shunday Yer kurrasi bordek munosabatda bo‘lyapmiz. Go‘yo buni ishlatib o‘rniga boshqasini olishimiz mumkin bo‘ladi”. U forumda Coca-Cola kompaniyasi o‘zining “Chiqindilarsiz dunyo” (World Without Waste) deb nomlangan yangi strategiyasini e’lon qildi – 2025 yilga kelib The Coca-Cola Company kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab 100% qayta ishlanadigan idishlarni ishlab chiqaradi.

O‘zbekistonda bu maqsadga erishib bo‘lingan, chunki bizning qadoqlarimizning 100 foizi qayta ishlanadigan hisoblanadi. 2030 yilga kelib, kompaniya 50 foiz qayta ishlangan materialdan tarkib topgan butilkalarni chiqarmoqchi. Shuningdek, 2030 yilda The Coca-Cola Company upakovkalarni yig‘ish va qayta ishlashni tashkil qilishga yordam berishni rejalashtirmoqda (bozorga chiqarilayotgan mahsulotning 100 foiz hajmdagi ekvivalentida). 

“Go Wastless” loyihasi – maqsadimizga erishish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Dunyodagi ekologik muammoni yakka tartibda hal etib bo‘lmaydi. Faqatgina kompaniyalar, davlat va hamjamiyatlarning umumiy harakati bilan biz dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartira olamiz”,- ta’kidladi O‘zbekistondagi Coca-Cola vakolatxonasi rahbari Serkan Murat Dilek.

Foto: GO Wasteless

Coca-Cola fondi Coca-Cola kompaniyasining filantropik vositasidir. Uning yordamida kompaniya o‘zining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – jamiyat hayot sharoitlarini yaxshilash va farovonligini oshirish maqsadini amalga oshiradi. 30 yillik faoliyati davomida fond turli xayriya loyihalariga 1 mlrd AQSh dollari miqdorida moliyaviy ko‘mak ko‘rsatdi.

O‘zbekistonda Coca-Cola fondi 20 yildan oshiq vaqt davomida PROON, OBSe va mahalliy NNTlari bilan barqaror rivojlanish dasturlarini amalga oshirish doirasida yaqindan hamkorlik qilib keladi. Bu vaqt davomida fondning moliyaviy ko‘magi ostida million dollardan ortiq mablag‘ga loyihalar amalga oshirildi. Grantlar O‘zbekistonning olis hududlarida suv muammosini yechish, xotin-qizlarning moliyaviy ahvolini yaxshilash, KOVID bilan kurashishga gumanitar yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan edi.

* Shuningdek, ushbu tadbirning tashkilotchisi va loyihaning hamkori “Coca–Cola” kompaniyasi ekanligiga e’tiboringizni qaratamiz. Shu munosabat bilan ushbu kompaniyaning “GO Wasteless” loyihasini boshlashdagi roli va ishtiroki haqida to‘liq ma’lumotni aks ettirishingizni, shuningdek, “Coca–Cola” kompaniyasining logotiplari va mahsulotlarini syujyetlarda aniq namoyish etishingizni, “Coca–Cola” kompaniyasi vakillarining rasmiy lavozimlarini intervyularda keltirib o‘tishingizni so‘raymiz.

Reklama

Top