O‘zbekiston Xalqaro global innovatsion indeksda to‘rt pog‘onaga ko‘tarildi
2022 yil uchun Xalqaro global innovatsion indeks reytingi natijalari e’lon qilindi.
O‘zbekiston reytingda o‘tgan yilgi ko‘rsatkichni 4 pog‘onaga yaxshilab, 132 davlat orasida 82-o‘rinda qayd etildi. O‘zbekiston 2015 yilda 141 ta davlat orasida 122-o‘rinni, uzoq tanaffusdan keyin, ya’ni 2020 yilda 131 ta davlat orasida 29 pog‘onaga yuqorilab, 93-o‘rin bilan ushbu reytingga qaytgan.
Joriy yilda esa, bu reytingda umumiy 4 pog‘onaga ko‘tarilib, «Innovatsiyalarni joriy etish uchun mavjud resurslar va sharoitlar» bo‘yicha 7 pog‘ona ko‘tarilib 68-o‘rinda, «Innovatsiyalarni joriy etishda erishilgan amaliy natijalar» bo‘yicha 9 pog‘onaga yuqorilab 91-o‘rindan joy oldi.
Indeksda mamlakatlar 4 ta daromad guruhiga bo‘lingan (yuqori daromad, yuqori o‘rta daromad, quyi daromad va past daromad), O‘zbekiston o‘z guruhida 36 ta davlat ichida 10-o‘rinni, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari orasida Hindiston va Erondan keyin 3-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston «Ilm-fan va muhandislik sohasida bitiruvchilar soni» bo‘yicha 6-o‘rin, «Kapitalni yalpi tarzda to‘plash» bo‘yicha 6-o‘rin, «Mehnat unumdorligini o‘sishi» bo‘yicha 7-o‘rin, «Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati» bo‘yicha 22-o‘rin, «Klasterlarning rivojlangani» bo‘yicha 27-o‘rinda. Mamlakat «Oliy ma’lumotli ayollarning ish bilan ta’minlanganligi» ko‘rsatkichi bo‘yicha ilk bor 56-o‘rinda qayd etildi.
Global innovatsion indeks – AQSh Kornel universiteti, Fransiya Insead biznes maktabi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan davlatlar innovatsion rivojlanishi darajasini baholovchi tadqiqot.
Mavzuga oid
17:34 / 02.12.2024
Sun’iy idrok tadqiqot natijalarini odamlardan yaxshiroq bashorat qilmoqda
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
10:30 / 25.10.2024
O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar indeksida jahon bo‘yicha 30-o‘rinni egalladi
20:52 / 04.10.2024