Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reyting: 2025 yilda dunyodagi eng innovatsion davlatlar
Innovatsiyalarga ko‘pincha iqtisodiy raqobatbardoshlikning asosi sifatida qaraladi. Quyidagi xaritada mamlakatlarni ilmiy tadqiqotlar va tadbirkorlikni rivojlantirish qobiliyatiga asoslangan reytingini tuzadigan yillik Global innovatsiyalar indeksi (Global Innovation Index, GII) natijalari tasvirlangan.
Xaritadagi pastroq ko‘rsatkichlar to‘q ko‘k rangda ko‘rsatilgan bo‘lib, ular oshgani sayin asta-sekin yashil, keyin esa sariq rangga o‘tadi. Vizualizatsiya uchun ma’lumotlar Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan taqdim etilgan. Bu yerda innovatsiya keng ma’noda ta’riflangan bo‘lib, u nafaqat tadqiqot va ishlanmalarga asoslangan yutuqlarni, balki yangi texnologiyalarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirishni ham o‘z ichiga oladi.
2025 yilda indeks WIPO'ning metodologiyani modernizatsiya qilish, yangi ma’lumotlar manbalarini integratsiyalash, zamonaviy, taqsimlangan va raqamli innovatsion ekotizimlarni yanada aniqroq baholash bo‘yicha sa’y-harakatlarini aks ettiruvchi 78 ta ko‘rsatkichdan foydalanadi.
Yevropa davlatlari dunyodagi eng innovatsion davlatlar qatoridan joy olishda davom etmoqda. Shveytsariya qatorasiga 15 yil indeksda yetakchilik qilmoqda, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Finlandiya, Niderlandiya va Daniya esa kuchli o‘ntalikka kirgan.
AQSh ketma-ket uchinchi yil GII'da uchinchi o‘rinni saqlab qoldi va ikki toifada yetakchilik qilyapti: «bozorning rivojlangani» va «ishbilarmonlik faolligi darajasi».
Osiyo mintaqasi GII 2025'da kuchli o‘sishni ko‘rsatdi, Janubiy Koreya rekord darajadagi to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Mamlakat «inson kapitali va tadqiqotlar» toifasida birinchi o‘rinni egalladi hamda WIPO'ning turli ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlardan joy oldi.
Xitoy birinchi marta GII top-10 taligiga kirib, 30 ta davlat orasida yagona o‘rta daromadli iqtisodiyotga aylandi. WIPO hisob-kitoblariga ko‘ra, Xitoy topshirilgan patent arizalari bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.
Rossiya innovatsiyalar indeksida 60-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston esa 79-pog‘onadan joy oldi.
Mavzuga oid
17:06 / 10.07.2026
Tanzila Norboyeva: Xalqaro reyting va indekslarda munosib o‘rin egallash - bu shunchaki raqam yoki statistika emas
20:56 / 06.07.2026
O‘zbekistonda uyushgan jinoyatchilik darajasi past, ammo muammolar saqlanib qolmoqda - tadqiqot
08:43 / 06.07.2026
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari reytingi e’lon qilindi
20:55 / 25.06.2026