O‘zbekiston | 13:25 / 10.10.2022
5437
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida quruq va iliq ob-havo kutilmoqda

Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havoni antitsiklon periferiyasi belgilaydi. 

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol 15-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. 

Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 23-25 daraja issiqdan oshmaydi.

Keyingi kunlarda, ish haftasining oxirigacha antitsiklon periferiyasi kuchsizlanishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha qulay, quruq va iliq ob-havo sharoiti bo‘lishi kutilmoqda. 

Kechalari havo 7-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa 25-28 daraja issiqqacha asta-sekin ko‘tariladi, bu o‘rtacha iqlimiy me’yorlardan biroz yuqoridir.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid