O‘zbekiston | 12:30 / 14.10.2022
2543
3 daqiqa o‘qiladi

15 oktyabr kuni harorat 30 darajagacha ko‘tariladi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 15 oktyabr, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja iliq, kunduzi 27-29 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 24-29 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.

Respublika tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 16-21 daraja iliq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid