O‘zbekiston | 10:35 / 15.10.2022
18584
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda havo harorati 8-10 darajaga pasayishi kutilmoqda

Joriy yilning 17 oktyabrda O‘zbekiston shimoliy hududlariga, 18-19 oktyabrda respublika qolgan hududlariga Volgabo‘yi orqali Rossiya Yevropa qismi (Moskva oblasti) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. 

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, havo harorati 8-10 darajaga pasayishi kutilmoqda.

17-19 oktyabrda havo harorati kechalari 3-8 darajagacha iliq, respublika shimolida ba’zi joylarda 0-2 darajagacha sovuq, kunduz kunlari 15-20 darajagacha asta-sekin pasayadi.

17-19 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.

17-18 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Mavzuga oid