Jahon | 07:12 / 21.10.2022
11555
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy: Kaxovska GESni portlatish ommaviy qirg‘in qurolidan foydalanish bilan barobar

Rossiya harbiylari Kaxovska GES agregatlari va to‘g‘onini minalab qo‘ygan. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘z videomurojaatida ma’lum qildi. 

Foto: president.gov.ua

Agar GES yo‘q qilinsa, bu ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llash bilan barobar bo‘ladi, deya ta’kidlab o‘tdi u.

«To‘g‘onning portlatilishi keng ko‘lamli falokatni anglatadi. Bunday terakt bilan Rossiya hatto Dnipro suvini Qrimga yetkazib berish imkoniyatini ham yo‘q qilishi mumkin. Kaxovska GES to‘g‘oni buzilsa, unda Shimoliy Qrim kanali ham shunchaki yo‘q bo‘lib ketadi», — dedi Zelenskiy. 

Ukraina prezidenti jahon hamjamiyatini Rossiyaning yangi teraktining oldini olishga chaqirdi.

Bundan oldin Urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika instituti (ISW) Rossiya qo‘shinlari Dniproning o‘ng qirg‘og‘idan rossiyalik harbiylarning olib chiqib ketilishini yashirish va Ukraina qo‘shinlarining ushbu daryodan o‘tishi oldini olish yoki kechiktirish uchun Kaxovska GESga soxta bayroq ostida hujum qilishga axborot maydonini tayyorlayotgani to‘g‘risida xabar bergan edi. 

Amerikalik tahlilchilar 18 oktyabr kuni Ukrainadagi Rossiya kuchlari qo‘mondoni Sergey Surovikinning Kiyevning Xerson oblastida halokatli suv toshqiniga olib keladigan Kaxovska GES to‘g‘oniga zarba berish niyati haqida olingan ma’lumot to‘g‘risidagi bayonotini eslatdi.

Ukrainaning ushbu oblasti okkupatsion ma’muriyati rahbari Volodimir Saldo bu bayonotni qo‘llab-quvvatladi va Rossiya kuchlarini Xersondan yuqori oqimda joylashgan to‘g‘onlarga zarba berishni rejalashtirayotganlikda aybladi. 

ISW ma’lumotlariga ko‘ra, Kreml Rossiya Qurolli kuchlarining uchinchi sharmandali chekinishi haqidagi xabarlarni yashirish uchun bunday harakatlardan foydalanishi mumkin. 

Mavzuga oid