Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: «Ukraina NATOdan alyansga qabul qilish bo‘yicha aniq qadamlar kutmoqda»
Ukrainaga NATO bilan munosabatlarning hozirgi formatidan ko‘ra ko‘proq narsa kerak, dedi Zelenskiy NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan uchrashuvdan keyin.
Ukraina NATOdan mamlakatni alyansga qabul qilish bo‘yicha aniq qadamlar va «bu yo‘lda xavfsizlik kafolatlarini» kutmoqda, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 20 aprel, payshanba kuni Kiyevda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bilan qo‘shma matbuot anjumanida.
Iyul oyida Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitiga izoh berar ekan, Zelenskiy unda ishtirok etish taklifi uchun minnatdor ekanligini, biroq «Ukraina ham tegishli taklifnoma olishi»ni muhim deb bilishini aytdi. «Ukrainani alyansga taklif qilish bo‘yicha siyosiy qarorlarga qarshi bo‘lgan birorta ham obektiv to‘siq yo‘q», — dedi Zelenskiy.
«Biz qadamlar kutmoqdamiz. Oldinga qadamlar. Bizga bugungi munosabatlarimiz formatidan ko‘ra ko‘proq narsa kerak. Ular bizni qurol-yarog‘ bilan qo‘llab-quvvatlayotganini juda qadrlaymiz. Lekin Ukraina qachon NATOda bo‘lishini tushunmoqchimiz. Bu yo‘lda xavfsizlik ham kafolatlanishi lozim», dedi prezident.
Stoltenberg NATO Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi. «Biz bosqinchilarga qarshi qahramonona kurashda va mamlakatingiz himoyasida siz bilan birgamiz. Ertaga siz Ukraina xalqining porloq kelajagi yo‘lida qayta qurayotgan va mehnat qilayotganingizda biz siz tomonda bo‘lamiz», - dedi u. Alyans rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina «Yevroatlantika oilasida o‘z o‘rnini topishi kerak». «Ukrainaning munosib o‘rni NATOda. Buni vaqt o‘tishi bilan qilamiz», - dedi Stoltenberg.
Mavzuga oid
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026
Zelenskiyning maktubi: diplomatik qadammi yoki strategik zarbami?
10:15 / 08.06.2026