Zelenskiy va Vakillar palatasi spikeri sanksiyalarni muhokama qildi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Poltava viloyatiga amaliy safari chog‘ida AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Kevin Makkarti bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda Ukraina prezidenti devonining sayti.
Suhbatda, jumladan, Rossiyaga nisbatan sanksiyalarning kuchayishi istiqbollari, xususan, Rossiya nefti va gazi narxi chegarasini maksimal pasaytirish haqida so‘z bordi.
Zelenskiy, shuningdek, Makkartiga o‘z mamlakati AQSh Kongressi tomonidan ikki partiyaviy qo‘llab-quvvatlanayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi, deya xabar beradi Ukraina davlati rahbari matbuot xizmati.
Avvalroq «katta yettilik» mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish va uchinchi davlatlar tomonidan Rossiyaga qurol yetkazib berilishiga samaraliroq qarshi turishga kelishib oldilar.
17 aprel kuni Nagano yaqinidagi Yaponiyaning Karuizava shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish ishtirokchilari Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlagan mamlakat tomonidan sanksiyalardan qochish va yangi qurollarni qo‘lga kiritishning oldini olish bo‘yicha muvofiqlashtirish ishlari kuchaytirilganini e’lon qildi.
«Katta yettilik»da raislik qilayotgan Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan bayonotda Kiyevni kuchli qo‘llab-quvvatlash va Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini davom ettirish niyati ta’kidlangan. G7 tashqi ishlar vazirlari Rossiyani «zudlik bilan va hech qanday shartlarsiz» Ukrainadan qo‘shin va harbiy texnikani olib chiqib ketishga chaqirdi. Ular Belarusda taktik yadro qurollari joylashtirilishini e’lon qilgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yadroviy ritorikasini qabul qilib bo‘lmas, deb atadi.
Mavzuga oid
14:35 / 04.11.2024
AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi
11:10 / 04.11.2024
CNN: AQSh saylovlari Putinni Kiyev bilan muloqotga undamaydi
09:30 / 04.11.2024
Kamala Harris AQSh prezidentlik saylovlarida ovoz berdi
16:42 / 03.11.2024