O‘zbekiston | 08:28 / 24.10.2022
7106
1 daqiqa o‘qiladi

BAA Toshkent viloyatida zamonaviy logistika markazi qurmoqchi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida DP World kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo

Unda kompaniyaning mamlakatdagi infratuzilmaviy rivojlanish, logistika va elektron tijorat sohasidagi bir qator investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

DP World vakillari O‘zbekiston investitsiyaviy muhiti, xorijiy investorlar uchun joriy qilingan imtiyoz va preferensiyalar hamda ularning faoliyati kafolati me’yoriy - huquqiy bazasi bilan batafsil tanishdi. Transport-logistika xizmatlarini ko‘rsatish, transport-logistika markazlarini yaratish va logistika jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish kabi yo‘nalishlar O‘zbekistonda kompaniya samarali faoliyati uchun eng jozibali va ustuvor yo‘nalishlar sifatida ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida kompaniya vakillari Toshkent viloyatida zamonaviy logistika markazini qurishga qiziqish bildirishdi, vazirlik rahbariyati qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini tasdiqladi.

Mavzuga oid