Toşkent viloyatida joylaşgan “Ğiştköprik” çegara bojxona postida 3 metrlik ilonni olib kirişga uriniş foş qilingan. Bu haqda Bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, “Ğiştköprik” çegara bojxona postida qöşni davlatdan kirib kelgan piyodaga tegişli qöl sumkasi nazorat-rentgen uskunasi orqali közdan keçirilganida, uning içida bojxona xodimlarining oğzaki sörovida va yölovçi bojxona deklaratsiyasida ma’lum qilinmagan ilon borligi aniqlangan.
3 metr uzunlikdagi mazkur ilon dastlabki ma’lumotlarga köra, yölbarssimon albinos böğma iloni bölib, asosan Janubiy va Janubiy-Şarqiy Osiyoda yaşaydi.
Xalqaro Qizil kitobga kiritilgani sababli mazkur jonivorni Özbekistonga olib kirişda xalqaro CITIES ruxsatnomasi talab etiladi. Yuqoridagi holatda yölovçi bu kabi hujjatlarni bojxona xodimlariga taqdim qila olmagan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda. Ilon esa Toşkent hayvonot boğiga topşirilgan bölib, mutaxassislar uning holatini barqaror deb baholamoqda.









