O‘zbekiston | 11:41 / 27.10.2022
13435
1 daqiqa o‘qiladi

O‘tkir Hoshimovning turmush o‘rtog‘i vafot etdi

Taniqli o‘zbek yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning turmush o‘rtog‘i O‘lmasxon Hoshimova vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati xabar berdi.

“Marhum bugun,  27 oktabr, peshinda yashagan xonadonidan chiqariladi», — deyiladi xabarda.

 O‘lmasxon Hoshimova xalq maorifi a’lochisi, I darajali «Mehnat faxriysi» ko‘krak nishoni, «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni sohibasi edi.

Kun.uz jamoasi O‘tkir Hoshimovning umr yo‘ldoshi O‘lmasxon ayaning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Ma’lumot uchun, O‘tkir Hoshimov bundan 9 yil avval, 2013 yilda hayotdan ko‘z yumgandi.