Samarqandda yuk mashinasi yonib ketdi
DAF rusumli yuk mashinasining balloni yorilgan va o‘zidan oldinda qayrilib olayotgan Lada Largus bilan to‘qnashgan. Oqibatda yuk mashinasida yong‘in kelib chiqib, u yonib ketgan.
IIV YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 31 oktyabr kuni soat 15:30 larda M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalaro avtomobil yo‘lining Samarqand viloyati, Jomboy tumani hududidan o‘tuvchi 1071-kilometrida yuk mashinasi va Lada Largus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Harakatlanib ketayotgan DAF rusumli yuk mashinasining old chap tomon shinasi havo qo‘yib yuborgan va haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan. Shundan so‘ng yuk mashinasi o‘zidan oldinda, ortga qayrilib olish manyovrini bajarayotgan Lada Largus mashinasi bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuv oqibatida DAF haydovchisi jarohat olgan va yuk mashinasida yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, mazkur YTH yuzasidan Jomboy tumani IIB YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
20:04 / 21.11.2024
Otasining yoniga ko‘milgan qizaloqlar: opa-singil mast “poygachi”ning qurboni bo‘ldi
11:28 / 21.11.2024
Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda voyaga yetmagan qiz halok bo‘ldi
08:10 / 21.11.2024