Samarqandda YTHda yuk maşinalari yonib ketdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, hodisa 16 may kuni soat 4:50 lar atrofida Paxtaçi tumani hududida sodir bölgan. Haydovçi boşqaruvni yöqotişi oqibatida harakatdagi yuk maşinasi yöl çetida töxtab turgan boşqa bir yuk maşinasiga borib urilgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, birinçi yuk maşinasi haydovçisi boşqaruv paytida uxlab qolgan.

YTHdan söng yuk maşinalarida yonğin çiqqan. Hodisa joyiga yonğin öçiruvçilar yetib borgan. Kun.uz’ga kelib tuşgan videolavhalarda körinişiça, maşinalardan biri butkul, ikkinçisi qisman yongan.

YHXX axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, YTH oqibatida halok bölgan yoki jarohatlanganlar yöq.

Avvalroq Qamçiq dovonida yuk maşinasi yonib ketgandi.