O‘zbekiston | 12:55 / 01.11.2022
12821
6 daqiqa o‘qiladi

“E-auksion” platformasidagi eng qimmat davlat aktivlari

Bugungi kunda e-auksion platformasi davlat aktivlarini ochiq va shaffof usulda sotishning eng maqbul vositasiga aylanib ulgurdi. Barcha aktivlar e-auksion.uz portalida dastlabki savdoda savdo kuniga qadar 30 kun avval chiqariladi. Istalgan shaxs onlayn-auksionda ishtirok etish uchun ariza berishi mumkin.

Savdoda qatnashish istagida bo‘lganlar e-auksion.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tishi, yetarli miqdorda zakalat pulini kiritishi talab etiladi.

1.     Pop neft bazasi bino-inshootlari

Foto: E-auksion

Namangan viloyati, Pop tumani, “Anhor” MFYda joylashgan ushbu obektning boshlang‘ich narxi 217,8 mlrd so‘mni tashkil etadi. Obekt 39 gektar yer maydoniga ega bo‘lib, yer uchastkasi mulk huquqi asosida savdoga chiqarilgan. Davlat aktivi bo‘lib to‘lash sharti bilan sotiladi.

Batafsil

2.     “Sijjak” dam olish maskani 

Foto: E-auksion

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “Sarbog‘” MFYda joylashgan dam olish maskani 5,38 gektar yer maydoniga ega bo‘lib, mulkni auksionda sotib olgan shaxs qonunchilikka zid bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin. Boshlang‘ich narxi 70,1 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Batafsil

3. Ma’muriy bino

Foto: E-auksion

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko‘chasi, 4-uy. Boshlang‘ich narxi 66,5 mlrd so‘m bo‘lgan davlat aktivi 26,4 sotix yer maydoniga ega. Davlat aktivlari bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilganda dastlabki to‘lov summasi 35 foizdan kam bo‘lgan hollarda, qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanadi.

Batafsil

4. Noturar bino-inshoot

Foto: E-auksion

Jizzax viloyati, Jizzax shahri, “A” sanoat zonasi EIZ hududida joylashgan umumiy yer maydoni 7,53 gektar bo‘lgan sobiq harbiy qism bino-inshootlari 47,3 mlrd so‘m boshlang‘ich narxda ochiq auksionga chiqarilgan. Yer uchastkasi mulk huquqi asosida sotilmoqda. Davlat aktivlari bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilganda dastlabki to‘lov summasi 35 foizdan kam bo‘lgan holatlarda, qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanadi.

Batafsil

5. Sog‘lomlashtirish markazi bino va inshootlari

Foto: E-auksion

Boshlang‘ich narxi 32,1 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan bo‘lib, ushbu mulk uchun onlayn savdo 10 noyabr kuni o‘tkaziladi. 18,7 sotix yer maydoni va 2708 kv metr bino-inshootlarga ega bo‘lgan davlat mulkida barcha tarmoqlar mavjud.

Batafsil

6. Noturar joy

Foto: E-auksion

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 41/3-uy. Boshlang‘ich narxi 28,5 mlrd so‘mlik ko‘chmas mulk 6,9 sotix yer maydoniga ega bo‘lib, 3 qavatli bino shaklida yerto‘lasi bilan Xalq banki AT Bosh amaliyotlar boshqarmasi tomonidan sotuvga qo‘yildi.

Batafsil

7. Mehmonxona bino va inshootlari

Foto: E-auksion

Xorazm viloyati, Xiva shahri, Koriy ko‘chasida joylashgan mehmonxonaning boshlang‘ich narxi 27,8 mlrd so‘m bo‘lib, 46 sotix yer maydoni va 1644 kv metr bino-inshootlarga ega. Yer uchastkasi mulk huquqi asosida savdoga chiqarilgan.

Batafsil

8. "AVTO-OLAM" MChJdagi 100% davlat ulushi

Foto: E-auksion

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Usta Shirin ko‘chasi, 121-V uy. Boshlang‘ich narxi 26,1 mlrd so‘m evaziga savdoga chiqarilgan korxonadagi davlat ulushi uchun savdo 2022 yilning 21 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Davlat ulushining oldi-sotdi shartnomasi bayonnoma rasmiylashtirilganidan so‘ng, 10 ish kunidan kechiktirmay sotuvchi, ishtirokchi va auksion savdolarining g‘olib o‘rtasida tuziladi.

Batafsil

9. "MUBORAKTEKS" MChJdagi davlat ulushi

Foto: E-auksion

Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani, “Konchilar” MFY hududida joylashgan davlat Mulki uchun 24,7 mlrd so‘m boshlang‘ich narxda ochiq savdoga chiqarildi. Korxonadagi sotuvga qo‘yilgan davlat ulushi miqdori 100 foizni tashkil etadi.

Batafsil

10. Mehmonxona binosi

Foto: E-auksion

Navoiy viloyati, Nurota tumani, “Shahriston” MFY hududida joylashgan mehmonxona bino-inshootlari uchun savdo 14 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Boshlang‘ich narxi 18,3 mlrd so‘m bo‘lgan davlat aktivi 0,97 gektar yer maydoni hamda 926,8 kv metr binolarga ega. Yer uchastkasi ijara huquqi bilan sotiladi.

Batafsil

Istalgan shaxs e-auksion.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tgan holda ochiq auksion tanlovlarida ishtirok etishi mumkin. Mulkni oldindan borib ko‘rish imkoni ham mavjud.

Veb-sayt: e-auksion.uz

Telegram: t.me/onlineauksionuz

Tel: +998712022111

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid