Ichki audit milliy standartlari ishlab chiqildi

Moliya vazirining “Ichki audit milliy standartlarini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i imzolandi.
Hujjat bilan budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va ular tizimidagi budjet tashkilotlari hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining ichki audit xizmati uchun milliy standartlar o‘rnatilmoqda.
Standartlarga muvofiq:
- ichki audit xizmati o‘z faoliyatida vazirlik va idora boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan mustaqil hisoblanadi va bevosita vazirlik va idora rahbariga bo‘ysunadi hamda unga hisobdordir;
- ichki audit tadbirlari ichki audit yillik rejasi asosida ichki audit obektida o‘tkaziladi;
- budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilgani to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushganda hamda fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi orqali ichki audit tadbiri o‘tkaziladigan ichki audit obektlari aniqlanganda, ichki audit tadbirlari vazirlik va idora rahbari qarori asosida o‘tkaziladi;
- ichki audit tadbiri ichki audit tadbirini o‘tkazish guruhi yoki ichki audit xizmati xodimi tomonidan o‘tkaziladi;
- ichki audit xizmati ichki audit obekti rahbariga auditdan 5 kun oldin ichki audit tadbiri davomida bajariladigan ishlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot, ichki audit tadbirini o‘tkazishda taqdim etilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar va hujjatlar ro‘yxati hamda ularni taqdim etish muddatlari, ichki audit tadbirini o‘tkazish guruhi a’zolari ro‘yxatini ilova qilgan holda xabarnoma yuboradi.
2023 yil 1 sentabridan boshlab ichki audit xizmati xodimi malakasi ichki audit milliy malaka sertifikati orqali tasdiqlanadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan mablag‘laridan 95 mln dollar O‘zbekistonga qaytarilgan
O‘zbekiston | 15:54
-
Namanganda oilaviy bog‘cha tarbiyachisi 1,5 yosh bolaning oyog‘ini kuydirib qo‘ygani aytilmoqda
Jamiyat | 15:31
-
Rossiya qo‘shini Kiyevga raketa zarbasi yo‘lladi. Qurbonlar bor, o‘nlab kishilar yaralangan
Jahon | 15:26
-
General Popov 5 yilga qamaldi
Jahon | 15:09
Mavzuga oid

09:10 / 23.10.2024
Energetika resurslari iste’molchilari energiya auditini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

17:37 / 12.07.2024
Hokimliklarda ichki audit xizmatlari tashkil etiladi

13:24 / 26.04.2024
Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtiriladi

11:51 / 01.04.2024