O‘zbekiston | 09:02 / 01.11.2022
9300
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Xitoydan qaysi oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘proq sotib olayotgani aytildi

Xitoydan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida Xitoydan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmida choy birinchi o‘rinni egallab turibdi – 19,7 ming tonna.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi pog‘onalardan mos ravishda 1,8 ming tonna hamda 672 tonna hajmda olib kelingan mandarin va olma joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • makkajo‘xori – 654 tonna;
  • o‘simlik yog‘i – 556 tonna;
  • kakao va shokolad – 536 tonna;
  • qandolat mahsulotlari – 183 tonna;
  • baliq va dengiz mahsulotlari – 42 tonna;
  • qahva – 41,5 tonna;
  • sut mahsulotlari – 26,3 tonna.

Mavzuga oid