Senat 30 sentabr kuni bölib ötgan yiğilişda Xitoy bilan maxfiy ma’lumotlarni özaro himoya qiliş töğrisidagi hukumatlararo bitimni ratifikatsiya qiliş töğrisidagi qonunni ma’qulladi. Hujjat prezidentga imzolaş uçun yuborilgan.

Bitim 2023 yil 18 may kuni Tsian şahrida prezident Şavkat Mirziyoyevning Xitoyga taşrifi doirasida imzolangan.

Bitim 19 ta moddadan iborat. Özbekiston tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati vakolatli organ etib belgilandi.

15-moddaga köra, xalqaro hujjat nomuayyan muddatga tuziladi. Bitim davlat içki tartib-taomillari bajarilganligi töğrisidagi oxirgi xabarnomadan keyin kuçga kiradi.

Bitimda uzatilayotgan va qabul qilinayotgan har qanday şakldagi maxfiy axborotni özaro himoya qiliş, şuningdek, milliy qonunçilik böyiça maxfiylik darajasi, maxfiylik («alohida muhimlik,» «mutlaqo maxfiy,» «maxfiy») belgilarini taqqoslaş, maxfiy axborotni himoya qiliş, uni uzatiş va undan foydalaniş bilan boğliq masalalarni aniqlaştiriş nazarda tutilgan.