11:25 / 09.11.2022
2071

O‘zbekiston-Germaniya tibbiyot jamg‘armasini tashkil qilish rejalashtirilyapti

O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasida Germaniyada faoliyat yuritadigan vatandosh Orif Ahmadaliyev, Haus des Stiftens GmbH xayriya jamg‘armasi mas’ul xodimlari Mixael Simon hamda Helena Blikenberger ishtirokida onlayn-muloqot tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Foto: Dunyo

Haus des Stiftens GmbH ijtimoiy korxonasi 1995 yil Myunxen shahrida tashkil etilgan bo‘lib, uning faoliyati xayriya tadbirlari va bolalar jamg‘armalarini boshqarishga yo‘naltirilgan.

Muloqot davomida O‘zbekiston fuqarolarini ijtimoiy, moddiy qo‘llab-quvvatlash, vatandoshlarga sog‘liqni saqlash sohasida ko‘maklashish doirasida gumanitar fondlar bilan muzokaralar olib borish orqali O‘zbekiston-Germaniya tibbiyot jamg‘armasini tashkil qilish masalasi muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida Orif Ahmadaliyev Bosh konsulxona ko‘magida Germaniyada o‘zbekistonlik nogiron bolalar uchun insonparvarlik jamg‘armasini tashkil etishni rejalashtirayotganini bildirdi.

O‘z navbatida, Mixael Simon va Helena Blikenberger tashkil etilajak jamg‘arma huquqiy bazasini yaratish, nizom va boshqa tashkiliy hujjatlarni tasdiqlash, Germaniya rasmiy idoralarida qayddan o‘tkazish bo‘yicha fikr bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar xayriya jamg‘armasini tashkil qilish bo‘yicha masalalarda hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishib oldi.

Mavzuga oid
Top