Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Ukrainaga 65 million yevro va generatorlar ajratadi
Germaniya energetika infratuzilmasini ta’mirlash uchun Ukrainaga 56 million yevroga yaqin mablag‘ ajratdi va 350 dan ortiq generator beradi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘rtasidagi telefon suhbatidan so‘ng Germaniya hukumati matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kansler Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasiga qarshi davom etayotgan zarbalarni qoraladi va Zelenskiyni Germaniya, jumladan, Ukraina havo mudofaasini kuchaytirishda va mamlakatni urushdan keyin rekonstruksiya qilishda qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi.
Bundan oldin Ukraina Slovakiyadan 30 ta BMP-1 piyoda jangovar mashinasini olgandi. Bu haqda Slovakiya mudofaa vaziri Yaroslav Nad ma’lum qildi.
Uskunalar Germaniya bilan kelishuv asosida Ukraina tomoniga topshirildi, deya tushuntirdi Nad.
U Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrextga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.
Avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo davlatlar o‘rtasida Ukrainaga qo‘shimcha havo mudofaa tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha yangi muzokaralar boshlanishiga umid qilayotgani aytilgandi.
Mavzuga oid
10:40
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
10:25
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
20:04 / 08.06.2026