Saudiya O‘zbekistonga "gastronomik turizm" va "ekoturizm" yo‘nalishida sayyohlar yubormoqchi
O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsuli Nodir Turg‘unov respublikaga turistlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Makka shahridagi Shaba kompaniyasi bosh direktori Hamza al-Qurayshiy va ijrochi direktori Nagi Elsavi Badaviy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Saudiyalik tadbirkorlar O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish va uning infratuzilmasini takomillashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakat boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishdi.
Shaba kompaniyasi rahbariyati O‘zbekistonda rivojlangan “gastronomik turizm”, “ekoturizm” va “sog‘lomlashtirish turizmi” imkoniyatlariga alohida qiziqish bildirdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston poytaxti turistik salohiyatini ochib beruvchi “Salom, Toshkent” videoroligi hamda mamlakat boy sayyohlik imkoniyatlariga bag‘ishlangan boshqa filmlar namoyish etildi.
Hamza al-Qurayshiy kelgusi yil yanvar oyidan boshlab Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi joriy etilganini yuqori baholadi. Ushbu sa’y-harakatlar podshohlikdan O‘zbekistonga nafaqat turistlar oqimining ko‘payishiga, balki saudiyalik investor va biznesmenlar tashriflari soni ham ortishiga xizmat qilishini qayd etdi.
Mavzuga oid
21:40 / 03.10.2024
Dunyodagi sayohat qilish uchun eng arzon va qimmat davlatlar ma’lum bo‘ldi
20:02 / 02.10.2024
“Tourist map” interaktiv portali va mobil ilovasi ishga tushiriladi
19:05 / 02.10.2024
O‘zbekistonda pulli asosda o‘q otish turizmi yo‘lga qo‘yiladi
17:43 / 02.10.2024