26 sentabr kuni turizmni rivojlantirişga oid hukumat qarori qabul qilingan. Qaror lex.uz portalida e’lon qilindi.

Unga köra, 2024 yil yakuniga qadar:

  • avtotransport vositalarini ijaraga beriş xizmatlarini körsatuvçi mahalliy va xorijiy kompaniyalar (Hertz, Avis, Sixt kabi) faoliyatini mamlakatning aeroport va temir yöl vokzallari hududlarida yölga qöyiş uçun qulay şaroitlar yaratiş çoralari köriladi; (ijroçilar: Transport vazirligi va Turizm qömitasi)
  • hududlar böyiça turistik yönalişlar va obektlarni qamrab oluvçi röyxat şakllantirilib, Apple va Google xalqaro xaritalarga taqdim etiladi va muntazam ravişda reyestr yangilab boriladi; (ijroçilar: Turizm qömitasi va Raqamlaştiriş vazirligi)
  • xalqaro onlayn tölov kompaniyalari (PayPal, Alipay, UniPay, Apple Pay, Google Pay kabi) bilan muzokara ötkazilib, uşbu vositalar Özbekistondagi tölov tizimlari va bank xizmatlariga ulanadi, zarur hollarda, milliy qonunçilik talablarini qayta körib çiqiş böyiça takliflar işlab çiqiladi (ijroçilar: Markaziy bank, Raqamlaştiriş vazirligi va Turizm qömitasi).