O‘zbekiston | 11:31 / 11.11.2022
7243
1 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari quruq va nisbatan iliq ob-havo kutilyapti

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, havo harorati kechalari 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 9-14 daraja iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni kechga tomon respublikaning shimoliy hududlariga Volgabo‘yi hududlaridan bulutli massivlar kirib kelishi kutilmoqda. 

O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 

Shimolda va cho‘l hududlarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid