O‘zbekiston | 18:55 / 15.11.2022
12263
3 daqiqa o‘qiladi

ENDO MARINE – sog‘lom tana va jo‘shqin hayot bilan hamnafas

Yod organizm uchun juda zarur mikrounsur hisoblanib, qalqonsimon bez faoliyatida ishtirok etadi, ayniqsa bolalarning jisman va aqlan rivojlanishida bu moddaning zaruriyati katta.

Numa nutrimakon o‘zining yangi ENDO MARINE mahsulotini taqdim etdi. Bolalar va kattalar uchun mo‘ljallangan shifobaxsh vosita 100 % tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan. 

Taniqli nutritsiolog Baxtiniso Azimboyeva bu mahsulotning foydali xususiyatlari haqida gapirib berdi:

“ENDO MARINE tarkibi bilan tanishib, ochig‘i xursand bo‘ldim. Chunki yod yetishmovchiligi kasalligi birdaniga ko‘zga tashlanmasa-da, sekin-asta organizmni sustlashtirib, boshqa xastaliklarga yo‘l ochib beradigan poydevor hisoblanadi. Shuning uchun yod yetishmovchiligini 21 asr vabosi desak adashmaymiz. Ta’sirchanlik, xotiraning pasayishi, o‘sishdan orqada qolish, surunkali charchoq, semizlik kabi noxush holatlarning oldini olishda bu moddaning ahamiyati katta”,- deydi shifokor. 

Feyxoa mevasi yodning tabiiy manbai hisoblanib, qalqonsimon bez faoliyatning yaxshi ishlashiga yordam beradi. Uning tarkibidagi suvda eruvchan yod inson tanasida mukammal o‘zlashtiriladi. Shuningdek, bu meva kaliy, magniy, fosfor, temir, sink kabi elementlarning ham konidir.

ENDO MARINE tarkibidagi bu meva ayni paytda O‘zbekistonda maxsus yetishtirilmoqda. Hozirda vodiy viloyatlarida feyxoa plantatsiyalari tashkil etilgan va undan unumli foydalanilmoqda.

Mahsulot tarkibi vitaminlar va efir moylariga boyligi sabab immun tizimini mustahkamlash xususiyatiga ham ega. Bu esa gripp va shamollash kabi davriy kasalliklardan xalos bo‘lishda va ularga duch kelmaslikda yordam beradi.

Ushbu ekzotik mahsulot feyxoa mevasi, dengiz kalsiysi, pektin, laminariya, guava bargi, sholg‘om bargi va olmadan olinadi. Tarkibdagi olma sharbati uni iste’mol qilishni yanada qulaylashtiradi.

ENDO MARINE bir qator xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lib, ular orasida “Halol” sertifikati ham mavjud.

Shuningdek, mahsulot tarkibi xalqaro standartlar asosida tekshirilib, uning organik vosita ekanligi haqida Amerika va Yevropaning bu haqidagi sertifikatini ham qo‘lga kiritgan.

O‘zingiz va farzandlaringiz salomatligi uchun tabiiylikni tanlang.

Murojaat uchun:

+998712032223
+998555039998