Hindistonda O‘zbek tili va hind-o‘zbek aloqalari markazi ochildi
Hindistonning yetakchi oliygohlaridan biri - Dehli universitetida O‘zbek tili va hind-o‘zbek ilmiy-madaniy aloqalari markazi ochildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Markaz Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Dehli universiteti o‘rtasida erishilgan kelishuvlar doirasida tashkil etildi. «O‘zbek tili va hind-o‘zbek ilmiy-madaniy aloqalari markazi» faoliyati asosiy maqsadi hindistonlik talabalarga o‘zbek tilini o‘rgatish, madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish va ushbu sohada qo‘shma ilmiy izlanishlar olib borishga qaratilgan.
O‘zbek tili va hind-o‘zbek ilmiy madaniy aloqalari markazi uchun Sharqshunoslik universiteti hamda mamlakat Hindistondagi elchixonasi tomonidan o‘zbek tili, adabiyoti, madaniyati, tarixi va zamonaviy taraqqiyoti haqidagi ma’lumotlarni qamrab olgan kitoblar, badiiy adabiyotlar, jurnallar, o‘quv-ko‘rgazma qo‘llanmalari to‘plami taqdim etildi.
Dehli universiteti o‘zbek tili bo‘yicha o‘quv kurslari mavjud bo‘lgan Hindistondagi uchinchi oliy ta’lim muassasasiga aylandi. Bunga qadar 2004 yildan boshlab Dehli shahridagi Jomiya milliya islomiya universitetida hamda 2021 yildan boshlab Javaharlal Neru universitetida o‘zbek tili kurslari faoliyat yuritib kelmoqda.
Mavzuga oid
20:58 / 19.11.2024
Putin Hindistonga boradi
16:43 / 17.11.2024
Hindiston birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
16:50 / 16.11.2024
Hindistonda havo ifloslanishi kuchayib ketganidan Toj Mahal ko‘rinmay qoldi
17:36 / 14.11.2024