Jahon | 09:03 / 21.11.2022
4940
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainalik dramaturg Yevropa mukofotiga sazovor bo‘ldi

Germaniyaning SRH Holding jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilgan yosh dramaturglar uchun Yevropa mukofoti bu yil luhansklik yozuvchi Lena Lyagushonkovaga topshirildi.

Foto: bjorn klein

Ukrainalik yozuvchi Lena Lyagushonkova Germaniyaning SRH Holding jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan 2022 yilgi yosh dramaturglar uchun Yevropa mukofoti bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimi 20 noyabr, yakshanba kuni Shtutgart drama teatrida bo‘lib o‘tdi.

Lagushonkova o‘z ishi bilan yosh mualliflar ijodi zamonaviy teatr hayoti, bugungi kun bilan o‘zaro aloqasi va teatrning dolzarbligi uchun qanchalik qimmatli ekanligini namoyish etadi, dedi Baden-Vyurtemberg federal yerining fan, tadqiqot va san’at vaziri Petra Olshovski marosimida.

Lena Lyagushonkova Ukrainaning Luhansk viloyatidagi Stanitsa Luhanskaya qishlog‘ida tug‘ilgan va Taras Shevchenko nomidagi Luhansk Milliy universitetining tarix fakultetini tamomlagan. Hozirda u Polshada istiqomat qiladi. Lyagushonkova sakkizta spektakl muallifi bo‘lib, ularning premeralari Kiyev, Xarkiv va Odessa teatrlarida bo‘lib o‘tgan. U 1990-yillardagi o‘zgarishlar, Maydan namoyishlari va Ukraina sharqidagi okkupatsiya fonida Ukrainadagi hayot haqida yozadi.

25,000 yevro mukofoti har ikki yilda beriladi va SRH Holding tomonidan moliyalashtiriladi. Jamg‘arma butun mamlakat bo‘ylab xususiy maktablar va universitetlarni boshqaradi, kasallik yoki nogiron kishilarga individual ta’lim xizmatlarini ko‘rsatadi.

Mavzuga oid