O‘zbekiston | 16:55 / 28.11.2022
11216
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida koreys tilini o‘rganish muammolari muhokama qilindi

25 noyabr kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetida koreys tilini o‘rganishdagi muammolar va ularni yechishga doir masalalar yuzasidan konferensiya o‘tkazildi. Unda tanlab olingan qo‘llanmalar bepul nashr qilinadi.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti)da “Globallashuv jarayonida koreys tili ta’limidagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. 

Konferensiyada zamonaviy ilm-fanning eng dolzarb ilmiy mavzularini muhokama qilishga qaratilgan ilmiy materiallar to‘plami tanlab olindi.

 Tadbirda oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, xorijiy va mahalliy ilmiy xodimlar, amaliyotchi mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar, magistratura va bakalavriat talabalari mavzuga oid tezislari bilan qatnashdi. 

Tadbirda o‘zining yangi qo‘llanmasi bilan ishtirok etgan Muxlisa G‘ulomova olib borgan tadqiqoti haqida gapirib berdi:

“Turizm yo‘nalishida o‘qiganim bois uni koreys tili bilan bog‘lagan holda tadqiqot o‘tkazdim. Ayni paytda koreys tilini o‘rganish ommalashyapti va bu koreys madaniyatini yoyishda katta hissa qo‘shadi. Tabiiyki, bu o‘sha davlat milliy taomlariga bo‘lgan qiziqishni ham oshiradi. Tadqiqotimda koreys oshxonalaridagi menyular bilan tanishdim va u yerdagi mijozlarning fikrlarini o‘rgandim. Fikrlar natijasida taomnomalardagi so‘zlar borasida kamchiliklar aniqlandi va men o‘z maqolamda bunga yechimlar ko‘rsatdim. Universitetimizda shunday tadqiqotlarga sharoit yaratib berilishi bizni juda xursand qiladi”, - deydi Kimyo xalqaro universiteti 4-kurs talabasi.

O‘tkazilgan konferensiyada tanlab olingan to‘plamlar bepul chop etilishi ko‘zda tutilgan.

Tadbirda universitetning Koreyadagi hamkor oliy ta’lim muassasalari onlayn tarzda ishtirok etishdi.

“Universitetimizda koreys tili kafedrasi tashkil etilganiga 4 yil to‘ldi. Bu vaqtda talabalarning koreys tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi keskin ortdi. Chunki koreys tili eng ommabop tillar qatorida turadi.

Koreys tilini o‘rganayotgan talabalarimiz 2+2 dasturi asosida Koreyadagi hamkor ta’lim muassasalariga borib o‘z malakalarini oshirib kelishyapti. U yerdagi ko‘plab nufuzli universitetlar bilan hamkorlik o‘rnatganmiz. Hozirda 120 nafar talabamiz Koreyada tahsil olyapti”, - dedi universitetning Koreys tili filologiyasi kafedrasi mudiri Durdona Ergasheva.

Institutning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Web-page: www.kiut.uz

Telegram: https://t.me/kiut_official

Facebook: https://www.facebook.com/kiut.uz

Instagram: https://instagram.com/kiut.uz_rasmiy_kanal

Reklama

Mavzuga oid