Shvetsiya Yevropa Ittifoqidagi raisligining ustuvor yo‘nalishlarini ma’lum qildi
Shvetsiya YeIdagi raisligining ustuvor yo‘nalishlarini e’lon qildi: xavfsizlik, barqaror rivojlanish, «yashil» energetikaga o‘tish va demokratik qadriyatlar. Hujjatda birinchi navbatda Ukrainadagi urush tilga olinadi.
Shvetsiya hukumati qirollikning 2023 yil birinchi yarmida Yevropa Ittifoqi kengashiga raisligining ustuvor yo‘nalishlarini e’lon qildi. Ular to‘rtta yo‘nalish bo‘ladi: xavfsizlik va birlik, barqaror rivojlanish va raqobatbardoshlik, farovonlik va «yashil» energiyaga o‘tish, shuningdek, demokratik qadriyatlar va qonun ustuvorligi, deb xabar berdi payshanba, 15 dekabr kuni Shvetsiyaning Yevropa Ittifoqiga raisligi rasmiy veb-sayti.
«Shvetsiya Yevropa Ittifoqi kengashiga a’zo davlatlar va butun Ittifoq uchun tarixiy qiyinchiliklar davrida raislikni o‘z zimmasiga oladi. Rossiyaning Ukrainaga noqonuniy, qabul qilib bo‘lmaydigan va asossiz bostirib kirishi Yevropa xavfsizligiga tahdid bo‘lib, u migratsiya, shuningdek, global oziq-ovqat ta’minoti va energiya tashuvchilar uchun dahshatli oqibatlarga olib keladi», deyiladi bayonotning boshida.
Stokholmning fikricha, Ukrainadagi urush fonida ishonchli hamkorlar, jumladan, kuchli transatlantik aloqalar bilan davomiy hamkorlikni ta’minlash zarur, deya ma’lum qildi Shvetsiya hukumati hamda Yevropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlar bundan keyin ham qat’iy Ukraina tomonida turishini ta’kidladi. Shvetsiya Kiyevga iqtisodiy va harbiy yordamni birinchi o‘ringa qo‘yadi, shuningdek, Ukrainani Yevroittifoqqa bo‘lgan yo‘lida qo‘llab-quvvatlaydi, deya va’da berdi mamlakat rasmiylari.
Bayonotda Yevropa iqtisodlarining Ukrainadagi urush va Rossiyaning energiya ta’minotida davom etayotgan manipulyatsiyasidan jiddiy ta’sirlanganiga e’tibor qaratiladi. Shu bilan birga, YeI yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha o‘z harakatlaridan qaytmasligi va o‘zining iqtisodiy modeli asoslarini himoya qilishi nihoyatda muhim, deya ta’kidladi Stokholm. «Bizning birligimiz va harakat qilishga tayyorligimiz YeI xavfsizligi, barqarorligi va farovonligining kaliti bo‘lib qolmoqda», — deya qo‘shimcha qildi Shvetsiya hukumati.
Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson 14 dekabr kuni Riksdagda mamlakatning Yevropa Ittifoqiga raisligining ustuvor yo‘nalishlarini taqdim etdi. Yevropa kengashiga raislik 2023 yil 1 yanvarda Chexiyadan Shvetsiyaga o‘tadi.
Mavzuga oid
21:48 / 28.09.2024
YeI davlatlari chegaralarda yangi biometrik tizimning joriy etilishiga tayyor emas - FT
15:15 / 27.09.2024
Shvetsiyada bobo-buvilarga nabiralariga qaragani uchun nafaqa berilmoqda
22:34 / 26.09.2024
AQSh va Yevropa Putinning yangi yadroviy tahdidlariga javob qaytardi
21:59 / 26.09.2024