13:16 / 25.12.2022
18953

Surxondaryoda so‘nggi 40 kunda 8 marta tezlik qoidalarini buzgan haydovchi yo‘l chetidagi odamni bosib o‘ldirdi

Tezlikni oshirgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan ikki kishini urib yuborgan. Oqibatda bir kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Yana biri shifoxonaga yotqizilgan

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidan o‘tgan qismida tezlikni oshirgan Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va mashina yo‘l chetida turgan piyodalarni urib yuborgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 2022 yil 24 dekabr kuni M-41 xalqaro avtomobil yo‘lining Sho‘rchi tumanidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.

Oqibatda piyodalardan biri voqea joyida halok bo‘lgan. Yana biri shifoxonaga yotqizilgan. Cobalt esa ag‘darilib ketgan.

Haydovchi boshqargan mashina tekshirib ko‘rilganda so‘nggi 40 kunda 8 marta tezlikni oshirib qoidalarni buzgani radarlarda qayd etilgani ma’lum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid
Top