Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand tumanidagi mahallaning içki köçasida qora rangli Gentra tez harakatlanib kelib, öquvçilardan birini urib yuborgani va voqea joyidan ketib qolgani tasvirlangan video tarqaldi.
Videoda köçani uç nafar öquvçi kesib ötayotgani, Gentra kelib qolganda ularning ikki nafari özini olib qoçgani va bir nafarini maşina urib uçirib yuborganini köriş mumkin.
Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB axborot xizmati ma’lumot berdi. Unda aytilişiça, hodisa 2023 yil 18 dekabr kuni soat 17:25 larda Samarqand tumani «Ravonak» MFY hududidan ötuvçi içki yölda sodir bölgan.
Yölni kesib ötayotgan 2011 yilda tuğilgan 7-sinf öquvçisini davlat raqami 30 O 641 AB bölgan Gentra urib yuborgan va haydovçi voqea joyidan ketib qolgan.
Oqibatda, maktab öquvçisi tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan.
YPX xodimlari tomonidan olib borilgan suriştiruv davomida haydovçi va transport vositasi topilgan. Hozirda holat yuzasidan Samarqand tumani IIB tomonidan dastlabki suriştiruv işlari olib borilmoqda.












